Koronavirus va grippning farqi nimada?
- Yuqish tezligida. Gripp COVID-19 ga qaraganda juda qisqa yashirin davri va juda qisqa oraliqga ega (hodisalar oralig‘idagi vaqt).
- COVID-19 virusida seriyali oraliq 5-6 kun, gripp virusida oraliq 3 kunni tashkil qiladi. Bu esa gripp COVID-19 ga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatlariga ega.
- Jamoat joyda bolalar grippni tarqatishida asosiy omil hisoblanadilar. COVID-19 da kattalarga qaraganda bolalar kamroq kasallanadilar va 0-19 yoshdagilarda uchrashi past.
- Yangi koronavirus turida quruq yo‘tal kuzatiladi (yoki ko‘p bo‘lmagan balg‘am). ORVI va grippda yo‘tal ko‘pincha nam va tumov, burunni bitishi kuzatiladi.
- COVID-19 da 15% hollarda og‘ir infeksiyalar bo‘lib, kislorod talab qilinishi va 5% kritik holat bo‘lib, o‘pka ventelatsiyasi talab qilinadi. COVID-19 kritik holat va og‘ir infeksiyalar grippga qaraganda yuqori.
- COVID-19 keksa yoshlilar va yondosh kasalliklari mavjudlarda og‘ir kechishiga olib kelish xavfi mavjud.
- COVID-19 da o‘lim grippga qaraganda, ayniqsa mavsumiy grippga qaraganda yuqori. Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda koronavirusda umumiy o‘lim koeffitsiyenti 3-4% ni tashkil qiladi. Mavsumiy grippda o‘lim 0,1% dan past.
Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov ma’lumot berdi.