Koronavirusda va shamollashda hid bilishning yo‘qolishi: farqi nimada?
COVID-19 ga chalinganda hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi mutlaqo boshqacha — u gripp yoki shamollashnikidan farq qiladi.
Koronavirusda hid bilish qobiliyati bir zumda yo‘qoladi. Burun bitishi yoki tumov kuzatilmaydi. Aksariyat bemorlar erkin nafas olishda davom etishadi.
Farqlarni aniqlashning maxsus usullari ham mavjud, buning uchun qahva, sarimsoqpiyoz, apelsin yoki shakarni tatib yoki hidlab ko‘rish kifoya.
Yana bir farqi — «haqiqiy» ta’mning yo‘qolishidir. Koronavirusga chalinganlar achchiqni shirindan farqlay olishmaydi. Ekspertlarning fikricha, buning sababi virus bevosita ta’m va hidga mas’ul nerv hujayralarini falajlab qo‘yishidadir.