Koronavirusni yenggan Yangi Zelandiyada yana karantin cheklovlari joriy etildi
- 13.08.2020 08:59
- 216
- COVID-19
100 kunlik tanafusdan so‘ng, Yangi Zelandiyada koronavirus holatlari aniqlandi, shu munosabat bilan mamlakatning ayrim hududlarida karantin cheklovlari joriy etildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda, 11 avgust kuni kechqurun to‘rt nafar fuqaroda koronavirus holati aniqlanganini tasdiqladi va Oklend shahrida 12 avgustdan e’tiboran vaqtincha uchinchi darajali karantin cheklovlari joriy etilganini e’lon qildi.
Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash Bosh direktori Eshli Blumfildning so‘zlariga ko‘ra, barcha to‘rtta holat Janubiy Oklendda bitta oilada qayd etilgan.
“Biz bunday vaziyatga tayyor edik va bu vaqt keldi. Milliy sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi tayyorlangan”, - dedi doktor Blumfild.
“Biz tajribamizga tayangan holda, Oklend aholisidan biz bilan birga tezkor choralar ko‘rishini so‘raymiz”, - dedi Ardern.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa