Koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi yoki ko‘proq dam olishlari kerakmi?
Ushbu savolga CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:
➖ Hammasi me’yorida bo‘lishi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, ya’ni har kungi ertalabgi qizdiruvchi 10-15 minutlik badantarbiya mashqlari juda muhim.
Nafas gimnastikalarini kun davomida 3 marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oshirish kerak. Chuqur nafas olish 6 sekund davomida va sekin nafas chiqarish 4-5 martagacha. Bu mashqlar virusning o‘pka to‘qimasiga moyilligi borligi uchun ham yaxshi shamollatilgan xonada bajarilishi kerak.
Nafas gimnastikasining juda xilma-xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Siz o‘z shifokoringiz bilan bu usullar xaqida maslahatlashishingiz mumkin yoki ularni har bir kishi mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim o‘zi uchun mosini tanlab, o‘zlashtirishi mumkin.