Koronavirusning yangi alomati bemorlarning oyoqlarida aniqlandi

Oyoqlardagi toshmalar koronavirus alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Italiyalik va ispaniyalik shifokorlar shunday xulosaga kelishgani haqida Metro nashri xabar berdi.

COVID-19 tashxisi qo‘yilgan har beshinchi italiyalik bemorda teri muammolari qayd etilmoqda. Bu alomatlar ko‘proq o‘smir va yosh bolalarda kuzatilgan.

Koronavirus oqibatida paydo bo‘layotgan toshmalar qizamiq toshgan vaqtda kuzatiladigan toshmalarga o‘xshashligi Ispaniya pediatrlar uyushmasi tomonidan ta’kidlandi. Odatda bunday toshmalar oyoq barmoqlarida paydo bo‘lib, keyinchalik tanada iz qoldirmay yo‘q bo‘lmoqda.

Shifokorlar odamlarni shunday toshmalarga jiddiy e’tibor berishga va shunday alomatlar paydo bo‘lganda, o‘zlarini alohidalashga chaqirmoqdalar. Shu bilan birga mutaxassislar, toshmalar paydo bo‘lgan taqdirda zudlik bilan shifokorga murojat qilishga hojat yo‘qligini, faqatgina o‘zini alohidalab, salomatlikni nazorat qilishni maslahat bermoqda.