Korrupsiya — milliy yuksalish kushandasi

Korrupsiya – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oluvchi dahshatli illatdir. U har qanday davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquqi va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Korrupsiyaning jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligini, undan qutulish yo‘llari haqida bugun OAV bong urmoqda.

Shunga qaramasdan, bu zararli illatga qarshi kurashda yuqori natijaga erishilmayapti. Shubhasiz, bunday illatga qarshi kurashni kuchaytirish, unga qarshi keskin chora-tadbirlar ko‘rilmas ekan, albatta, unga qarshi har birimizda faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanmas ekan, bu illat ildiz otaveradi.

Kelajak bunyodkorlari tahsil olayotgan oliy ta’lim tizimini korrupsiyadek mudhish illatdan tozalash - bu ertangi kunimizning ishonchli avlodiga xavf solayotgan illatni bartaraf qilmoqdir. Bung qarshi har bir pedagog, yoshlarimiz butun ongi, bilimi, sof e’tiqodi, dunyoqarashi va matonati bilan zirxli qalqon vazifasini o‘tamog‘i lozim.

Azaldan har qanday yovga, bosqinchiga, qolaversa, ichki ziddiyatlarga barham berish yo‘lida qudratli bo‘lgan xalqimiz korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lida ham jonbozlik ko‘rsatishida barcha ziyolilar namuna bo‘lishi shart.

Mamlakatimiz va yoshlarimiz kelajagiga daxldor kasb egalari sifatida korrupsiya illatiga murosasiz munosabatda bo‘lib, uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini nafaqat oliy ta’lim muassasasida, butun jamiyatimizda olib borish, sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish asosiy burchimiz va maqsadimizdir.

Sultan AHMEDOV,

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori.