Korrupsiyaga murosasizlik odil sudlovni ta’minlaydi

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish uchun bir qator yangi qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro tajribalarni jadal o‘rganib kelmoqda.
Xususan, sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish, korrupsiyaning oldini olish va davlat organlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va takliflar ko‘rib chiqilib, unda O‘zbekistonda sud tizimini shaffof va adolatli qilish uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar sud organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga, sud jarayonlarining ommaviy nazoratini ta’minlashga, korrupsiya holatlarini aniqlashga va uning oldini olishga qaratilgan.
Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun maxsus mexanizmlar yaratildi, bu mexanizmlar korrupsiya holatlarini aniqlash va ularga qarshi qonunan choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan.
Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash alohida e’xtiborga molik holat. Shuning uchun, sud jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali monitoring qilish mexanizmi, korrupsiyaga qarshi maxsus qo‘mita va ishonch telefonlari tashkil etildi.
Davlatimizda sud tizimini yanada muvofiqlashtirish va uni takomillashtirish bo‘yicha joriy yilning 5 mart kuni Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashib, unda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi. Xususan, “Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish – bu odil sudlovga soya solish deb baholanishi” hamda bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘lishi haqida barchani ogohlantirib o‘tganligi, sud tizimini rivojlanishi, uning shaffofligini yanada oshirishga xizmat qilishiga zamin yaratdi.
Qizlarxon Agzamova,
fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudi sudyasi.