Korrupsiyaning sababi qayerda?

Samarqand halqaro aeroportida Samarqand harbiy prokuraturasi, transportda xavfsizlikni ta’minlash, viloyat adliya hamda DXX boshqarmalari xodimlari, imom-xatiblar ishtirokida «Korrupsiyaga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy immunitetni shaklantirish omillari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar poraxo‘rlikning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaning oqibatlari, unga qarshi kurash va korrupsiya uchun belgilangan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida fikr bildirishdi.
Yig‘ilish qatnashchilari korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bayon etib, savollar bilan ishtirokchilarga murojaat qildi va kerakli tushunchalar olishdi.