Kosovoda keskinlik pasaymoqda: Serbiya chegarasidagi barrikadalar olib tashlanishi aytildi
Serbiya va qisman tan olingan Kosovo chegarasidagi “Merdare” nazorat-o‘tkazish punkti yana ishlamoqda: nazorat-o‘tkazish punktidagi barrikadalar demontaj qilingan. Boshqa transchegaraviy yo‘llarni to‘sib qo‘ygan yuk mashinalari ham olinmoqda.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo serblari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda deeskalatsiya va chegarani blokdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, tomonlar Prishtina shahriga nisbatan ishonchsizlik saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.
Kosovo sudi serb, sobiq politsiyachi Deyan Pantichni qamoqdan ozod qilgani vaziyatni yumshatishga yordam berdi, ammo u uy qamog‘ida qolmoqda.
Barrikadalar yo‘llarda bir necha kun avval o‘rnatilgan edi. So‘nggi oylarda Belgrad va Prishtina o‘rtasidagi munosabatlar Kosovo rahbariyatining Serbiya avtomobil raqamlarini taqiqlash haqidagi qarori tufayli keskinlashdi.
Deyan Pantich bunga qarshi norozilik sifatida ishdan bo‘shagan Kosovoning serb politsiyachilaridan biri. Endi uni sobiq hamkasblariga hujum qilganlikda ayblashmoqda.