Ko‘z kasalligidan aziyat chekkan fuqaro Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi yordami tufayli dardni yengdi

Samarqand shahridagi “Tojmahal” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.To‘xtamurodov bir necha yildan buyon ko‘z kasalligidan aziyat chekib kelayotgan edi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limiga murojaatidan so‘ng uning muammosi ijobiy yechim topdi.

X.To‘xtamuratovning ko‘z jarrohlik amaliyotiga sarflanadigan xarajatlarning barchasi fondning Samarqand shahar bo‘linmasi qoshida tashkil qilingan “Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan qoplab berildi. Hozirgi kunda uning ko‘rish qobiliyati ancha yaxshilangan.

- Bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirishda yaqindan yordam berganliklari uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda barcha mutasaddi tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi suhbat X.To‘xtamurodovning opasi A.To‘xtamurodova.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi axborot xizmati.