Kredit bo‘yicha qarz yuki, uning chegarasi, kredit tarixi haqida bilasizmi?

2020 yil 1 noyabr holatida respublikamiz bo‘yicha tijorat banklarining jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 266 933 mlrd. so‘mni, shundan jismoniy shaxslarning kreditlari qoldig‘i 52 769 mlrd. so‘m (umumiy kredit portfelining 19,8 foizi) ni tashkil qildi.

Yil boshidagiga nisbatan jismoniy shaxslarning kreditlari qoldig‘i 32,1 foizga ortgan (ayniqsa yuqori o‘sish ipoteka kreditlarida 30,8 foizni, mikroqarzlarda 82,3 foizni tashkil etgan).

Jami jismoniy shaxslar kreditlari qoldig‘ining 78,8 foizi
7 ta bank (“Ipoteka bank” 18,7 foiz, “Qishloq qurilish bank” 13,3 foiz, “Xalq banki” 11,9 foiz, “Milliy bank” 10,4 foiz, “Asaka bank” 8,6 foiz, “Sanoatqurilishbank” 8,1 foiz, “Agrobank” 7,8 foiz) hisobiga to‘g‘ri keladi.

2020 yil 1 noyabr holatida Samarqand viloyati tijorat banklarining jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlari qoldig‘i 4 482 mlrd. so‘m bo‘lib, bu umumiy kredit portfelining 29,7 foizni tashkil qiladi. Bu respublika bo‘yicha 19,8 foiz ko‘rsatkichdan qariyb 10 foizga ortiq.

Samarqand viloyati tijorat banklarining jismoniy shaxslarga
ajratilgan kreditlari qoldig‘ining tarkibi

Kredit turi

Qarzdorlar soni     (nafar)

Kredit qoldig‘i (mlrd. so‘mda)

Jami jismoniy shaxslar kreditlari qoldig‘idagi ulushi (% da)

Jami

     218 422  

      4 480  

100%

Ipoteka kreditlari

       22 274  

      2 481  

55,4%

Aholi tadbirkorligi kreditlari

       37 688  

         664  

14,8%

Iste’mol kreditlari

       77 509  

         470  

10,5%

Avtokreditlar

       10 084  

         432  

9,6%

Mikroqarz va overdraftlar

       64 894  

         409  

9,1%

Ta’lim kreditlari

         5 973  

           25  

0,6%

2020 yil 1 noyabr holatida Samarqand viloyati tijorat banklarida 34132 nafar jismoniy shaxsning kredit (mikroqarz)lar bo‘yicha 34,4 mlrd. so‘m muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud.

2020 yilning 10 oyida jismoniy shaxslarning kredit ajratilishi masalasida Bosh boshqarmaga yo‘naltirilgan murojaatlar bo‘yicha 134 ta holatda kredit ajratilgan, 47 ta holatda kredit ajratilishi qonuniy rad etilgan.

Ushbu murojaatlarning taxlilida quyidagi holatlar kuzatildi:

- murojaatchining boshqa qarz beruvchilar (bank, mikrokredit tashkiloti, lombard, kredit tashkiloti) oldida joriy yoki muddati o‘tgan qarzdorligi mavjudligi;

- so‘ralayotgan kredit bo‘yicha birgalikda qarz oluvchi yoki kafil sifatida taklif etilayotgan shaxslarning boshqa qarz beruvchilar (bank, mikrokredit tashkiloti, lombard, kredit tashkiloti) oldida joriy yoki muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjudligi;

- murojaatchi, birgalikda qarz oluvchi yoki kafil sifatida taklif etilayotgan shaxslarning o‘rtacha oylik daromadlari so‘ralayotgan kredit bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarni to‘lashga yetmasligi.

Ushbu holatlar murojaatchilarga tushuntirilganda, ularda quyidagi savollar paydo bo‘ladi:

1. Kredit (mikroqarz) bo‘yicha joriy yoki muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lgan shaxslar yana kredit (mikroqarz) olishi mumkin emasmi?

2. Qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi, kafilning to‘lov qobiliyati qanday hisoblanadi?

3. Qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi, kafillarning kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha joriy va muddati o‘tgan qarzlari, ular tomonidan berilgan kafilliklar haqidagi ma’lumotlar qayerdan olinadi?

Bu savollarning javobi Siz uchun ham qiziq bo‘lsa, maqolamizni o‘qishda davom eting.

Ushbu uch savolga me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida javob beramiz.

1. “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 2 iyulda 3030 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 351-bandiga muvofiq:

!

Tijorat banklariga ilgari olingan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.

bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarning mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish haqidagi murojaatlarini rad etadi.

2. “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki o‘sishini cheklash to‘g‘risida”gi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 19 dekabrda 3205 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)dan:

Qarz yuki ko‘rsatkichi — qarz oluvchining kredit yoki mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining uning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati.

!

Qarz yuki ko‘rsatkichi har bir qarz oluvchiga banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan mikroqarz yoki lombardlar tomonidan kredit (mikroqarz) ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘i yig‘indisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi (hozirgi kunda bu 11 150 000 so‘m).

O‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori — qarz oluvchi tomonidan barcha qarz beruvchilar (bank, mikrokredit tashkiloti, lombard) bilan tuzilgan kredit (mikroqarz) shartnomalari, shuningdek qarz oluvchi kafil va/yoki birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etadigan kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning o‘rtacha oylik qiymati.

O‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobiga qaysi to‘lovlar kiradi?

  • qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratish to‘g‘risida ko‘rib chiqilayotgan murojaat bo‘yicha;
  • qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratish to‘g‘risida ko‘rib chiqilayotgan murojaatda birgalikda qarz oluvchi nazarda tutilgan taqdirda, uning barcha kreditorlar bilan tuzilgan har bir kredit (mikroqarz) shartnomasi bo‘yicha;
  • qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchi va barcha qarz beruvchilar o‘rtasida tuzilgan hamda amalda bo‘lgan kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha;
  • qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha, agar qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash sanasida ular bo‘yicha 30 kundan ortiq muddati o‘tgan to‘lovlari mavjud bo‘lsa.

(Birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchi bilan kredit (mikroqarz) va uning foizlari bo‘yicha oylik to‘lovlarda qatnashuvchi, shuningdek kredit (mikroqarz) bo‘yicha solidar javob beruvchi jismoniy shaxs).

!

Demak, jismoniy shaxs kafil sifatida ishtirok etgan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha muddati o‘tgan to‘lovlar yuzaga kelishi ushbu shaxsning o‘zining kredit (mikroqarz) olish imkoniyatini pasaytirar, shuning uchun har bir shaxs birgalikda qarz oluvchi hamda kafil sifatida ishtirok etgan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha qarzdor tomonidan shartnoma shartlariga rioya etilishi holatini nazoratga olib borishi o‘zi uchun maqsadga muvofiq ekan. 

aktual ya’ni olingan sanasi 7 ish kunidan oshmagan ma’lumotlardan foydalanishi, qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblash va kredit (mikroqarz) berish sanasi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i bir kalendar oydan oshmasligi kerak.

O‘rtacha oylik daromadlari miqdori - qarz oluvchining, shuningdek murojaatda nazarda tutilgan bo‘lsa birgalikda qarz oluvchining oxirgi 12 oy ichida olingan daromadlari miqdorining o‘rtacha arifmetik qiymati.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlardan foydalaniladi:

- ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari;

- pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari;

- fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlari;

- foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan va shular kabi boshqa doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Bunda hujjatlar bilan tasdiqlangan va/yoki, kredit byuro, boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

         Qarz beruvchi tomonidan kreditlar (mikroqarzlar) ajratilayotganda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

 Amaliy misol yordamida tushuntirib o‘tamiz:

Shartli A fuqaroning har oyda teng miqdordagi grafik to‘lovi bo‘lgan, yillik 20 foiz stavkada 1 yil muddatga olingan 6 000 000 so‘m krediti bo‘yicha 2 000 000 so‘m qarzdorligi mavjud.

Taqdim etilgan yangi kredit ariza summasi - 15 000 000 so‘m, muddati - 18 oy, foiz stavkasi 22 foiz.

Demak, amaldagi qarzdorlik va so‘ralayotgan kredit yig‘indisi 17 000 000 so‘m, bu bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari ya’ni 11 150 000 so‘mdan ko‘p, bank qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblaydi.

Amaldagi kredit bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovi hisobi:

foiz to‘lovi - 6 000 000 * 20% / 12 = 100 000 so‘m.

kredit to‘lovi - 6 000 000 / 12 = 500 000 so‘m.

jami: 100 000 + 500 000 = 600 000 so‘m.

 

So‘ralayotgan kredit bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovi hisobi:

foiz to‘lovi - 15 000 000 * 22% / 12 = 275 000 so‘m.

kredit to‘lovi - 15 000 000 / 18 = 834 000 so‘m.

jami: 275 000 + 834 000 = 1 109 000 so‘m.

O‘rtacha oylik to‘lov = 600 000 + 1 109 000 = 1 709 000 so‘m.

Qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerakligi haqidagi talabdan kelib chiqib, qarz oluvchi va birgalikdagi qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlari yig‘indisi 3 418 000 so‘mga teng yoki yuqori bo‘lganda mazkur ariza bank tomonidan qanoatlantirilishi mumkin. Bundan kam bo‘lganda esa kredit summasi mutanosib ravishda kamaytiriladi.

3. “Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 2 martda 2332 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)ga asosan:

- kredit tashkilotlari o‘zlaridagi mavjud kredit axborotini qayd etilganidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Kredit axborotining davlat reyestriga (KADR) va kredit byurolariga taqdim etishlari shart;

- Markaziy bank kredit tashkilotlarining kredit axborotini yig‘adi, ular bo‘yicha kredit axboroti ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va KADRni yuritadi.

- Kredit byurolari har bir qarzdor bo‘yicha uning oxirgi 5 yil mobaynidagi ijobiy va salbiy xarakterdagi kredit axborotini o‘z ichiga oluvchi kredit tarixlari ma’lumotlari bazasini ishlab chiqadi.

“Kredit axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi O‘zbekistondagi birinchi va yagona kredit byuro bo‘lib, bugungi kunda 31 ta tijorat banklari, 59 ta mikrokredit tashkilotlari, 7 ta lizing tashkilotlari, 62 ta lombardlarning 740 mingdan ortiq yuridik shaxs, 11 mln. dan ortiq jismoniy shaxs mijozlari kredit axborotlarini yuritadi.  

 Kredit tarixi 5 yil mobaynidagi kredit axborotlari asosida shakllantirilishidan har bir mijoz kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini shartnomada belgilangan muddatlar va tartibda bajarib borishi eng avvalo o‘zi uchun manfaatli, maqsadga muvofiq, degan xulosani qilishimiz mumkin.

!

So‘zimiz so‘ngida yurtimiz banklaridagi har bir mijozga faqatgina ijobiy kredit tarixiga, past qarz yuki ko‘rsatkichiga hamda yuqori oylik daromadlarga ega bo‘lishini tilab qolamiz.

(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining cbu.uz, “Kredit axborot tahliliy markazi” Kredit byurosining infokredit.uz sayti axbortlaridan foydalanildi).

Sherzod SUVONQULOV,
Markaziy bankning Samarqand viloyati
bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari