Kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.T.” MChJ rahbari S.T. va boshqalar “Mikrokreditbank” ATB Kattaqo‘rg‘on filialidan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil etish uchun ajratilgan 800 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Departament xabarida.