Kreml Rossiyada koronavirus shiddat bilan tarqalayotganini ma’lum qildi
- 17.10.2020 10:25
- 208
- COVID-19
Koronavirus infeksiyasi Rossiyada juda kuchli tarqalmoqda, deb ta’kidladi Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.
Shu bilan birga, u kasallik bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
“Shuni ham tan olish kerakki, biz aholini uzoq vaqt davomida amal qilmagan ehtiyot choralarini ko‘rishga undovchi faol choralar ko‘rilmoqda”, dedi Peskov.
15 oktyabr kuni Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon birinchi marta kunlik o‘sish 15 mingdan oshganligi to‘g‘risida ma’lum qilindi. O‘sha kuni mamlakat bo‘ylab 15 150 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi.
16 oktyabr holatiga ko‘ra, Rossiyada umumiy hisobda 1 354 163 nafar odam koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Ulardan 1 056 582 nafari tuzalgan va 23 723 nafar bemor vafot etgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa