Kubaliklar yangi hukumat talab qilmoqda

Yakshanba kuni Kubaning sakkizta yirik shahri, jumladan poytaxt - Gavanada minglab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Buni kuzatuvchilar o‘n yilliklar ichida eng yirigi, deb atagan.

Ishtirokchilar hukumatning iqtisodiy siyosati va emlash tezligiga qarshi chiqib, amaldagi rejim iste’fosini talab qilmoqda. Guvohlar politsiya tizilayotgani, to‘qnashuvlar va hibsga olishlar haqida xabar berishdi.

"Diktatura! Kastro g‘oyalari, kommunistlarga - yo‘q!"

Prezident Migel Dias Kanel buning ortida AQShning qo‘li borligini aytdi va kommunistlarni ko‘chalarga chiqish va provokatsiyalarga qarshi turishga chaqirdi. Ozodlik oroli oziq-ovqat tanqisligi bilan og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda, shuningek xalq dori-darmon yetishmasligi va elektr energiyasining muntazam ravishda uzilishlardan nolimoqda.

Mamlakat chet el vaksinalarini ishlatishdan bosh tortdi. 9 iyul kuni Kuba o‘z vaksinasini tasdiqladi.