Kutib olish ham tantanali
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yigitlarni viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari kutib oldi. Vokzal binosida tantanali tadbir o‘tkazilib, sobiq askarlarga sovg‘a-salomlar berildi.
– Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan askarlarni kutib olish uchun hokimliklar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishchi guruhlar tashkil etilgan, – deydi viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi vakili A.Xolmurodov. – Yurtimizning turli hududlaridan kelayotgan yigitlar tantanali kutib olinmoqda, sovg‘alar berilib, tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlari mas’ul xodimlari hamrohligida uyiga kuzatilmoqda.
– Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilganimdan faxrlanaman, – deydi pastdarg‘omlik Abbos Keldiyorov. – Xizmat davomida o‘qib-o‘rganganlarim, test sinovlaridagi muvaffaqiyatim tufayli harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasini qo‘lga kiritdim.
Saidazimxon AMONOV,
Alisher ISROILOV
(foto).