Kuyovning suzilib, yetti bukilib egilishi, musulmonlar uchun musibat emasmi?
Ayni kunlarda, internet tarmog‘ida “kuyov salom” videosi keng tarqalmoqda. “Kuyov salom” hammani diqqat e’tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu video ostida turli mazmundagi izohlarni yozishmoqda. Kimdir qoralasa, yana kimdir olqishlamoqda.
O‘zbekiston musulmonlari veb-saytida bu borada maqola e’lon qilindi.
“Oila rahbarligi bobida Alloh erkakni ayoldan afzal qilib yaratibdi. Darhaqiqat, erkak kishi o‘zining jismoniy tuzilishi, ichki va tashqi qiyofasi, asabiy, ruhiy nafsoniy va boshqa jihatlaridan oila rahbari bo‘lishga mos yaratilgan. Buning ustiga, oilani qurish va uni tutib turish, bu yo‘ldagi barcha harakatlar ham erkak kishi zimmasida. Xo‘sh, bugun hatto kelinlarga ulamolar tomonidan man etilib, qaytarilgan to‘ydagi egilib salom berishni, Alloh “rahbar qilib qo‘ydim” degan erkak o‘ziga ravo ko‘rib, suzilib, yetti bukilib, mehr bilan qilayotgan bu sharmandali egilishlari, musulmonlar uchun musibat emasmi?", - deyilgan maqolada.