Lab bo‘yog‘i uchun jang
Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, lab bo‘yog‘i dunyodagi eng ko‘p tarqalgan pardoz vositasi hisoblanadi. U XVI asr boshlarida paydo bo‘lgan ekan. Uni pamada deb atalishi esa fransuz kardinali Rishele nomi bilan bog‘liq.
Aleksandr Dyumaning «Uch mushketyor» romanida yozilishicha, bir kuni kardinalning buyrug‘i bilan farmatsevtlar maxsus shifobaxsh maz tayyorlashibdi, undan olmaning xushbo‘y hidi taralar, bu olma «pamada» deb atalar ekan. Riyele ham uni pomada deb atabdi.
Aslida pomada tarixi Qadimgi Misrga borib taqaladi, Fir’avnlar sulolasi vakillari, badavlat amaldorlar xotinlari va jazmanlari, harbiy boshliqlar, shaharliklar pomadadan keng foydalanishgan. O‘sha yillarda Misr chinakam moda markazi hisoblangan.
Qadimgi Misr papiruslarida yozilishicha, 1450 yilda (eramizgacha) mashhur malika Xatshepsut Punt mamlakatiga qarshi pomada uchun urush e’lon qilgan. Sharqiy Afrikadagi bu mamlakat pomadasi mashhur bo‘lgan va Misr malikasi unga o‘zi egalik qilishni istagan.
Bugungi kunda pomada eng ommaviy xotin-qizlar kosmetik pardoz vositasi hisoblanadi. Uni ishlab chiqarish sanoat asosida yo‘lga qo‘yilgan. 1949 yilda pomadani avtomatik ravishda tyubik shaklida yumaloqlab bir yo‘la qutilarga joylashtirish mashinasi ixtiro qilindi.
T.Shomurodov tayyorladi.