«Lada» va «Renault» avtomobillari O‘zbekistonda yig‘iladi

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi 12 oy ichida O‘zbekistonda «Lada» va «Renault» avtomobillari butlovchi qismlarini yig‘ishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya prezidenti Nikolya Morning so‘zlariga tayanib, «TASS» xabar berdi.

«AvtoVAZ» prezidentining aytishicha, kompaniyaning eksport faoliyati manfaatlari doirasiga Afrika va Yaqin Sharq ham kiradi.

«Ushbu bozorda mavjudligimizni rivojlantirishning oqilona usuli mahalliy sherik bilan ishlashdir. Bizning esa shunday mahalliy sherigimiz bor va biz shunday yig‘ish ishlarini O‘zbekistonda ham boshlaymiz. Birinchi navbatda bu "Lada", keyin esa "Renault" modellari bo‘lib, jarayon yaqin 12 oy ichida boshlanadi», deya ma’lum qilgan Mor.