Lionel Messi: Futbol endi hech qachon ilgarigidek bo‘lmaydi

“Barselona” jamoasining argentinalik hujumchisi Leonel Messi koronavirus pandemiyasi tufayli endi futbol hech qachon ilgarigidek bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu haqda Radio Sputnik nashri xabar berdi.

- Pandemiyadan so‘ng dunyo qanchalar o‘zgarishini ko‘pchilik tasavvur ham qilolmaydi, - deya ta’kidladi futbolchi. – Sen yaxshi ko‘rgan odamlarni yo‘qotishdan yomonroq narsa yo‘q. Bu adolatdan emas. Futbol endi hech qachon ilgarigidek bo‘la olmaydi. Nafaqat futbol, balki biz ko‘nikkan hayot ham avvalgidek bo‘lmaydi.

Lionel Messi futbol afsonasiga aylanib ulgurgan sportchi. 2019 yilda u oltinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. Messi may oyida Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi, deb tan olindi.