Magistraturaga qabul natijalari nega kechikayotganligiga izoh berildi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar ko‘paydi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi: "Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni ma’lum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar e’lon qilinadi".
Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadigan xabarlarga ishonishlari so‘ralgan.