Mahalla yettiligi: yangi tizim samara berdimi?

Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika, viloyatlar va tumanlar (shahar) kengashlari tashkil etilib, Respublikaga Bosh vazir, hududlarga bevosita viloyat va tuman (shahar) hokimlari rahbar etib belgilandi. Kengash tarkibiga «mahalla yettiligi»ga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari kiritilib, vertikal tizim yaratildi.

Endilikda mahallada rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, profilaktika va soliq inspektorlari faoliyat yuritadi. Mahalla aholisiga 67 turdagi yordam va subsidiyalar «mahalla yettiligi»ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi. Mahalla byudjetini shakllantirish va uni infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish ham «mahalla yettiligi» qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Eng muhimi, Investitsiya dasturlarini shakllantirishda «mahalla yettiligi» tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinadi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi ham ana shu yangi tizim asosida faoliyat olib bormoqda.

Xatlov vazifalarni ko‘rsatib berdi

Bugungi kunda viloyatda 1126 mahalla bo‘lib, 821 mingta xonadon, 1 million 34 mingdan ortiq oilada 4 million 172 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

– Mahalla boshqaruv tizimi o‘zgargach, viloyatdagi 16 ta tuman, shahar, 64 sektor va 1126 mahallada aholi muammolarini hal qilish, «mahalla yettiligi» hamkorligini ta’minlash, yoshlar bilanishlash, aholi bandligiga erishish tizimini samarali tashkil etish yo‘nalishlarida tashkiliy-uslubiy ko‘maklashish ishlari yo‘lga qo‘yildi, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yo‘ldoshev. –  Dastlab barcha mahallalarning demografik ko‘rsatkichi va aholi turmush tarzi, ijtimoiy soha ob’yektlari holati bo‘yicha 25 yo‘nalish, 401 ta ko‘rsatkichdan iborat balansi shakllantirildi. Xatlov natijasida aniqlangan 90 mingdan ortiq ishsiz hamda umumta’lim maktablarini bitirayotgan 48 ming nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla, sektor, tuman va viloyat kesimida bandlik dasturlari tayyorlandi. Shuningdek, mahallalarni ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish, «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joriy etish hamda sektorlar rahbarlari tomonidan «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash tizimini tubdan takomillashtirish masalalari xalq deputatlari mahalliy kengashlar sessiyalarida muhokama etilib, qarorlar qabul qilindi. Mahallalarning har birida ombor kitoblari shakllantirildi va ularda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, yoshlarga yer ajratish, xonadonlarni obod qilish, ko‘chalarda hasharlar tashkil etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar va ijro muddatlari belgilandi, har bir ko‘cha «mahalla yettiligi» a’zolariga taqsimlandi. Shu bilan birga, mahallalarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish, mahalladan turib davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, barcha davlat organlariga murojaat qilish va ma’lumotlarning yagona bazasini yuritish maqsadida «Raqamli mahalla» platformasi yaratilib, hozirda ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

«Mahalla yettiligi»ning vazifalari aniq belgilab olinishi, har bir xodimning zimmasidagi mas’uliyatni his qilgan holda faoliyat olib borishi natijasida mahalladagi muammolar birin-ketin hal etila boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning birinchi yarmida «mahalla yettiligi», sektor rahbarlari, tijorat banklari va hokimliklar hamkorligida viloyat bo‘yicha 63 ming nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi. Jumladan, 40 mingga yaqin ishsiz doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan bo‘lsa, 5897 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 3909 nafariga kredit va 459 nafariga subsidiya mablag‘lari ajratilgan. 5034 nafar fuqaro pillachilikka jalb etilgan, 7837 nafar ishsiz esa o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 6575 nafar yoshlarga dehqonchilik qilib, daromad topishi uchun 7 ming gektar yer maydoni ajratilgan.

Ayni paytda yana 33 mingdan ortiq aholini ishga joylashtirish yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash vazifasi turibdi.

Har bir mahallada 10 ta mikroloyiha

«Sayxunobod» tajribasidan kelib chiqib, viloyatdagi 38 mingga yaqin xonadonda intensiv bog‘dorchilik, parrandachilik, baliq yetishtirish va asalarichilik yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 2673 ta loyiha shakllantirilib, ularni ishga tushirish orqali 5346 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida har bir mahallada kamida o‘ntadan mikroloyihalarni amalga oshirish vazifasini belgilab olganmiz, – deydi Sherali Yo‘ldoshev. – Bugunga qadar qariyb 131 milliard so‘mlik 7464 ta mikroloyiha o‘z faoliyatini boshladi. Bundan tashqari, tomorqadan unumli foydalanishni tashkil etish orqali 7043 ta kambag‘al oila qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi. Bu oilalar uchun 470 ta issiqxona qurib berildi, 106 tasiga 843 ta asalari uyalari, 409 tasiga 86 ming bosh parranda, 1894 tasiga 14237 bosh chorva mollari tarqatildi.

Mahallalarda oilalarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga aholi noroziligiga sabab bo‘ladigan muammolar «mahalla yettiligi» va sektor rahbarlari hamkorligida o‘rganilib, imkon qadar hal etish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, yil boshidan buyon 2443 ta muammo va kamchilik aniqlanib, ularning 1785 tasi yoki 73 foizi hal etildi. Ya’ni, 362 kilometr tuproq yo‘llardan 342 kilometriga shag‘al yotqizildi, 42 kilometri asfaltlandi. 432 ta transformator punkti ta’mirlandi, 3259 ta simyog‘och almashtirildi, 2210 ta qo‘shimcha ustun o‘rnatildi, 118 kilometr SIP kabellar tortildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 145 mingdan ortiq aholiga yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, bugungi kunga qadar viloyatdagi 33 mahalla uchun yangi bino qurildi, 18 tasi joriy, 12 tasi kapital ta’mirlandi, 13 tasi rekonstruksiya qilindi.

Og‘ir mahallalar – e’tiborda

Viloyatda bu yil yana bir yaxshi tajriba yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni, har bir tuman va shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvoldagi hamda aholi murojaatlari ko‘p qayd etilgan bittadan mahalla tanlab olinib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha «Harakatlar rejasi» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Natijada shu paytgacha ushbu mahallalardagi 65 kilometr yo‘l tartibga keltirildi, 30 ta transformator ta’mirlanib, 3 tasi yangilandi. 315 ta simyog‘och beton tayanchga almashtirildi, 50 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 1070 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Samarqand shahar Humo mahallasining 4 ming nafarga yaqin aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punktini ta’mirlash uchun Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m ajratildi. Paxtachi tumani Qaynarbuloq mahallasidagi kuchli sel yuvib ketgan ko‘prik ta’mirlandi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mablag‘lari hisobidan Jomboy tumanidagi Qo‘ng‘irot va Bulung‘ur tumanidagi Lalmikor mahallalari uchun yangi bino qurilmoqda. Umuman, joriy yilda viloyatdagi o‘z xizmat binosiga ega bo‘lmagan yoki binosi ta’mirtalab va kapital ta’mirga muhtoj 55 ta mahalla yangi binoga ega bo‘ladi.

Aholi murojaatlari asosida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Qo‘shhovuz mahallasida yengil konstruksiyali «Yoshlar markazi» qurilishi uchun 400 million so‘m yo‘naltirildi. «Besh tashabbus» olimpiadasida g‘olib bo‘lgan jamoalar uchun ushbu jamoalar a’zolari yashaydigan mahallalarda sport maydonchalari qurib berilishi ham bugun yaxshi samara bermoqda. Viloyatda ham yigirmaga yaqin mahallada shunday sport maydonchalari tashkil etildi.

«Mahalla yettiligi» bir musht bo‘lishi kerak

Avvallari mahallada uch-to‘rt nafar xodim ishlar, hududdagi aksariyat masalalar hokimlik va boshqa idoralarda ham etilardi. Endilikda mahalla fuqarolar yig‘inlarining nafaqat tarkibi, balki faoliyat ko‘lami, vazifalari ham kengaydi. Bugun aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik qilishi uchun qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bilan shug‘ullanish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlam manfaatlarini himoya qilish, xavfsizlik va infratuzilmani yaxshilash kabi muhim vazifalar mahallaning zimmasida. Bu vazifalarni bekamu-ko‘st bajarish esa «mahalla yettiligi»ning hamjihatligi, bir jamoa bo‘lib ishlashiga bog‘liq, albatta. Mahalla raisi esa olti xodim ishini ham muvofiqlashtirib, hudud uchun butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

– «Mahalla yettiligi»ning kunlik, haftalik, oylik, choraklik ish rejalari, namunaviy biroylik tadbirlar dasturi tayyorlanib, haftaning har bir kuniga ramziy nomlar berilgan, – deydi Sherali Yo‘ldoshev. – Xususan, dushanba kunimadaniyat va san’at, seshanbaommaviy va milliysport, chorshanbama’naviyat va ma’rifat, payshanbajinoyatchilikning oldini olish, jumasalomatlik<