Mahalla oqsoqollari aytilmagan to‘yga kelmadi (video)

Shu yil 15 oktyabrdan 16 oktyabrga o‘tar kechasi taxminan soat 22:00 dan 23:50 gacha Kimyogarlar shaharchasi 29-dahada bir to‘y bo‘ldi. Mash’al ko‘tarib,  yor-yorlar bilan ko‘chani to‘ldirgan, yo‘lni tirband qilgan kuyov jo‘ralarning shovqini butun shaharchani tutdi. Ikki soatcha davom etgan bu to‘yga na mahalla oqsoqollari keldi, na posbonlar. Nahotki, ular to‘yga aytilmagan bo‘lsa?

Butun mahalla ahli uxlolmasdan, baland ovozda musiqa tinglab, oqsoqollarning kelishini, to‘y egalariga bugun qo‘yilayotgan talablarni tushuntirishini istasa-yu, ular uxlab yotsa, to‘y qiziq bo‘lmas ekan.

16-oktyabrdan 17-oktyabrga o‘tar kechasi ham shaharchada xuddi shunday to‘yga guvoh bo‘lindi. Bunday to‘y bugun ham bo‘ladi, nasib etsa. Kelinglar! Maza qilib o‘ynaymiz, yoshlarga qo‘shilib qiyqiramiz: ...Yor-yor-yorone! Kattalar uyaltiradi, deb o‘ylamang. Ular o‘tgan kuni ham, kecha ham uxladi. Bugun ham uxlaydi. Ertaga yana bu kabi to‘ylar davom etaveradi...

To‘lqin SIDDIQOV.