“Mahalla” xayriya jamoat fondi 898 kishiga 204 mln. so‘mdan ortiq yordam ko‘rsatgan
Fondning hisobot yig‘ilishida qayd etilishicha, 2022 yilda 423 ta kam ta’minlangan oilalarga uy-joylarini ta’mirlash va sog‘liklarini tiklash uchun 77,1 mln. so‘m, 223 oilaga kiyim-kechak va dori-darmon va qurilish vositalari uchun 37,5 mln. so‘m, 124 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 22,3 mln. so‘mlik oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari, 90 nafar yakka-yolg‘iz keksalarga oziq-ovqat va sovg‘alar berilgan.
Joylarda uchrashuvlar tashkil etilib, ushbu xayriya tadbirlariga 19,4 mln. so‘m, 19 nafar urush va mehnat faxriylariga 3,7 mln. so‘m, 10 nafar tabiiy ofatdan zarar ko‘rganlarga 15 mln. so‘m yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, 8 kishiga 12 mln. so‘mlik nogironlik aravachasi, 1 kishiga 1 mln. so‘mlik eshitish va ortopedik moslama, 1 kishiga 500 ming so‘mlik qo‘ltiqtayoq berilgan.
Nukus tumanida yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 550 ta oilaga jami 568,5 mln. so‘mlik gaz plitasi, mikroto‘lqinli pech va sovg‘alar to‘plami yetkazib berilgan.
Fond qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 69 mlrd. so‘m xayriya mablag‘lari jamlangan.
“Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va ehtiyojmand oilalarda yashovchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalq deputatlari viloyat hamda tuman, shahar Kengashlari qarorlariga asosan 67,7 mlrd. so‘m, jumladan, sog‘ligini tiklash bo‘yicha 7,1 mlrd. so‘m, kundalik iste’mol tovarlari uchun 3,4 mlrd. so‘m, moddiy yordam uchun 8,8 mlrd. so‘m, bandligini ta’minlash maqsadida asbob-uskunalar va boshqa jihozlar uchun 24,9 mlrd. so‘m ajratilgan.
“Ayollar daftari”dagi xotin qizlarni sayohat qildirish, ularni davolatish va boshqa masalalarga jami 2,4 mlrd. so‘m va boshqa masalalar bo‘yicha 21,1 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash va boshqa maqsadlar uchun jami 12 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Shuningdek, 2022 yil davomida 49 ta fuqarolar yig‘inlari mebel jihozlari, 55 ta fuqarolar yig‘inlari kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi.