Mahalla xotin-qizlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari boshlandi
Kattaqo‘rg‘on shahridagi markaziy o‘yingohda "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" doirasida xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarga start berildi.
Musobaqaning ochilish marosimida Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.
O‘tgan yilgi DXX kubogi musobaqalarida viloyatning 77 mingdan ortiq yoshlari qamrab olingani, respublika bosqichida Jomboy tumani No‘sh mahallasining "Nafis" qizlar futbol jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritgani va bu yil ham chempionlikni saqlab qolish uchun harakat qilishlari ta’kidlandi.
Shundan so‘ng sektorlar kesimida shaharning Oqoltin, Bahoriston, Kattaqo‘rg‘on, Go‘zalkent hamda viloyatning barcha tumanalaridagi bahslar start oldi.
Musobaqaning viloyat bosqichi joriy yilning iyun oyida, va respublika musobaqalari esa avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.