Ko‘zi ojiz poygachi tezlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Turkiyalik Metin Shenturkning cheklangan imkoniyatlari haydovchilik guvohnomasini olishga va avtomashina haydashga to‘sqinlik qila olmadi. U mashina tezligini soatiga 293 kilometr tezlikda haydab, rekord o‘rnatgan dunyodagi birinchi ko‘zi ojiz haydovchiga aylandi.
Shenturk "Ferrari F430" poyga mashinasi tezligini Urfa shahri yaqinidagi aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagida amalga oshirdi.
Haydovchi mashinadan tushgach, uning o‘rtacha tezligi deyarli soatiga 293 kilometrga tezlashganligi ma’lum bo‘lib, shu orqali poygachi ilgari o‘rnatilgan ko‘zi ojiz britaniyalikka tegishli bo‘lgan rekorddan 9 kilometrga oshib ketgani aniqlandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “o‘lim bilan yuzma-yuz” edi. Gap shundaki, Shenturk butun umri davomida ko‘r bo‘lmagan – uch yoshida uning ko‘zlari to‘satdan ko‘rmay qolgan. Lekin bu uning muvaffaqiyatli odam bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. U butun umri davomida sahnalarda qo‘shiq kuylagan, Turkiyada konsertlar berib kelgan, hozirda esa Jahon nogironlar jamg‘armasiga rahbarlik qiladi.
U mashinada yolg‘iz edi, lekin trassa bo‘ylab unga radio orqali ko‘rsatmalar berib, ko‘zi ojiz haydovchi mashinasi harakatini to‘g‘rilab, “yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan” sobiq poygachi Vulqon Issik hamrohlik qildi.
Shuningdek, Shenturk bukmekerlik kontoralari bilan shartnoma tuzgani va o‘zining barcha yutuqlarini xayriya jamg‘armalari hisobiga o‘tkazib yuborgani ma’lum bo‘ldi.