Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahallalar kengashi bir yillik ish faoliyatini sarhisob qildi va galdagi vazifalarni belgilab oldi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi boshqaruvining 2019 yil faoliyati yakunlari va 2020 yil birinchi choragiga mo‘ljallangan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Badriddin Nasriyev raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda viloyat mahallalar kengashi boshqaruvi tomonidan 2019 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2020 yilda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, 2019 yil davomida ijobiy natijalarga erishgan, samarali faoliyat yuritgan bir guruh xodimlar Respublika va viloyat kengashining “Tashakkurnoma”lari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqaruv kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Viloyat mahallalar kengashi matbuot xizmati.