Mahallalarga Prezident sovg‘asi – sport anjomlari topshirildi

Mahallalardagi yoshlarining ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun viloyatdagi 1126 ta mahallaga to‘rt turdagi sakkiz mingga yaqin sport jihozlari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda yoshlar yetakchilari Prezident sovg‘asi – sport jihozlarini qabul qilib oldi.
– Ushbu sport anjomlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ular orasida chempionlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi, – deydi Bulung‘ur tumanidagi G‘o‘bdin mahallasi yoshlar yetakchisi Nodir Muxtorov. – Shu bilan birga, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida faol ishtirok etishga undaydi.
O‘tgan yilda 14-30 yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarda vakillarimiz 11 ta oltin, 10 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan respublikada yettinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.