Maktab direktori o‘rinbosarlariga PISA xalqaro baholash testlari haqida tushuncha berildi
Samarqand shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida shahar xalq ta’limi muassasalari direktorlarining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda “Tabiiy fanlarning o‘qitilishi, PISA xalqaro baholash testlaridan foydalanish usuli” mavzusida ma’ruzalar tinglandi. Ta’lim sifatini baholashning milliy tizimi, o‘quvchilar bilimini shaffof va aniq mezonlar asosida baholashni takomillashtirish, PISA orqali o‘quvchilarning o‘quv dasturlari va adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarni xotirada qay darajada saqlab qolayotganligini o‘rganish, egallangan bilimlarini hayotda qo‘llay olishini baholash, o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini o‘rganish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Tadbir davomida PISA xalqaro baholash testlarining mazmuni, amaliyotdagi foydasi haqida ochiq darslar ham tashkil etildi.