Maktab, kollej, texnikum va oliygohlardagi stadion, kutubxona hamda basseynlar mahalla yoshlariga berilishi kerak

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi.

Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.