Isitish tizimida muammo bo‘lgani uchun Samarqandda 97 ta, respublikada 931 ta bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan

Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlik ishchi guruhi joylarda MTMlarning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorgarligini o‘rganib chiqqan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, issiqlik tizimida muammo bo‘lgan bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha 931 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yetarli bo‘lmaganligi sababli faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Samarqand viloyatida vaqtincha yopilgan bog‘chalar soni 97 tani tashkil etadi. Mavjud muammolar bartaraf etilgach, mazkur MTMlar ish faoliyati qayta tiklanishi ma’lum qilingan.