Maktablarda “Bag‘rikenglik festivali” o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyatining barcha maktablarida “Bag‘rikenglik festivali” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli ko‘rik-tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘p millatli yurtimizda millatlararo totuvlik, jinsi, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, yurtimiz ravnaqi, porloq kelajagimizni birgalikda yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi rasmlar va insholar tanlovi, milliy liboslar ko‘rgazmasi “Bag‘rikenglik festivali”ni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlamoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida Samarqand shahridagi 73-umumta’lim maktabining o‘quvchi va o‘qituvchilari turli millatga mansub, nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonida ham bo‘lishdi. 51-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida esa o‘quvchilar o‘rtasida qiziqarli tanlovlar tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.