Malaka toifasini olish bo‘yicha yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev malaka toifasini olish bo‘yicha yaqin orada yangiliklar bo‘lishi kutilayotganligi haqida ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, bu yangiliklar ko‘pchilik o‘qituvchilarni xursand qiladi.   

Eng asosiy yangiliklardan:

- attestatsiya komissiyalari va yig‘ma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinmoqda;

- attestatsiyadan o‘tish uchun o‘qituvchi davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining veb-sayti orqali shaxsan o‘zi ariza beradi (maktab yoki tuman bo‘limidagi potensial sub’yektivlik oldi olinadi);

- malaka sertifikatini qog‘oz shaklda berish tartibi bekor qilinadi va elektron shakldagi sertifikat beriladi (sertifikat raqami, berilish muddati to‘g‘ridan-to‘g‘ri buxgalteriyalarga boradi).