Malakali stomatologlarni tayyorlash mas’uliyat talab qiladi

Bugun yurtimizda yuqori malakali tibbiyot kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, bo‘lajak stomatolog-mutaxassislarni nazariy jihatdan tayyorlash sifatini oshirish hamda ular tomonidan amaliy ko‘nikmalarning egallashi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim vazifa sanaladi.

Shu nuqtai nazardan Samarqand davlat tibbiyot universitetining stomatologiya fakultetida tashkil etilgan tadbir talabalarning bugun oliygohda qanday tahsil olishi, mavjud tibbiy laboratoriyalardan samarali foydalanishi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘un ravishda olib borishi masalalariga qaratildi.

Ta’kidlash lozim, bu yil 1-kursga 209 talaba qabul qilingan. Tadbir davomida ularga institut professor-o‘qituvchilar tibbiyot sirlarini o‘rganishlari va amaliyot o‘tashlari uchun mas’uliyat bilan o‘qish, o‘rganish, izlanish zarurligini ta’kidlashdi.