Mali prezidenti isyonchilar tomonidan hibsga olinganidan so‘ng iste’foga chiqdi

Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta isyonchilar tomonidan hibsga olinganidan so‘ng, mahalliy telekanallar efirida o‘zining iste’fosi haqida e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Shu bilan birga, prezident parlament iste’fosi haqida ma’lum qildi.

“Men o‘z vakolatlarimni topshirishga qaror qildim. Men hukmronligim saqlanib qolinishi evaziga qon to‘kilishini xohlamayman”, - dedi Keyta.

18 avgust kuni mamlakatda davlat to‘ntarilishi amalga oshirishga o‘rinish boshlanganligi haqida ma’lum bo‘ldi. Isyonchilar va ularning raqiblari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Mahalliy muholifat hukumatni korrupsiya va fuqarolar xavfsizligini ta’minlanmaganlikda ayblamoqda. 18 avgust kuni mamlakatning muholifat kuchlari prezident va bir qator yuqori darajali davlat amaldorlarini hibsga oldi.