Malining chetlashtirilgan prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Malining chetlashtirilgan prezidenti Ibrohim Bubakar Keyt 1 avgust kuni xususiy klinikaga yotqizildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
75 yoshli Keytning salomatligi to‘g‘risida hozircha to‘liq ma’lumot taqdim etilmadi.
Bir muddat ilgari, isyonchilar tomonidan hibsga olingan prezidentning ozodlikka chiqarilganligi to‘g‘risida ma’lum qilingan edi.
Malidagi isyon 18 avgust kuni mamlakat poytaxti Bamako yaqinidagi harbiy bazada boshlandi. Isyonchilar mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyt va Bosh vazir Bubu Sisseni hibsga oldilar. Keyinchalik prezident o‘zining iste’fosi haqida e’lon qilganidan so‘ng u ozodlikka chiqarildi.