Maqtovchi, kelin dugonasi, pingvin turg‘azib qo‘yuvchi... Dunyodagi eng noodatiy kasblar

Notanish odamga uning kasbi haqida savol berganimizda, biz odatdagi menejer, dizayner, konchi, hisobchi, iqtisodchi va hokazolarni eshitishga o‘rganib qolganmiz. Rabota.Today onlayn ish qidiruvchi portali dunyodagi eng g‘aroyib kasblardan bir nechtasini tanlab, ularni yanada chuqurroq o‘rgandi.

Quloq tozalovchisi

Bu kasb garchi boshqa Osiyo mamlakatlarida ham uchraydigan bo‘lsa-da, asosan Xitoyda keng tarqalgan. Chin mamlakati aholisi uni g‘ayrioddiy mutaxassisliklar ro‘yxatiga kiritish haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Quloq tozalovchilarning o‘zlari ular amalga oshiradigan muolaja tanani davolaydi, deb ta’kidlashadi.

Orol qo‘riqchisi

2000 yillarning birinchi o‘n yilligi oxirida Ben Sausxol dunyodagi eng yaxshi kasb - Buyuk to‘siq qoyasidagi Gamilton oroli qo‘riqlovchisi lavozimi tanlovida 35 000 ishtirokchini ortda qoldirib, g‘olib chiqdi. Erkak jannatmonand oroldagi hashamatli villada yashaydi, u yerda toshbaqalarni boqadi, marjon riflarining holatini kuzatib boradi, shuningdek, shaxsiy blogini yuritadi. Bu ishi uchun Ben Sausxol oyiga 20 ming dollar maosh oladi.

Pingvin ag‘darib qo‘yuvchisi

U sovuq iqlimli Antarktidada ishlaydi. Gap shundaki, samolyotlar havoga ko‘tarilganda yoki qo‘nganidan so‘ng, pingvinlar tovush to‘lqini bilan orqasiga yiqilib tushib, o‘rnidan turolmaydi, bu esa halokatli bo‘lishi mumkin. Ag‘darib qo‘yuvchi orqaga yiqilgan qushlarni oyoqqa qo‘yib chiqib, pingvinlar populyasiyani saqlashga yordam beradi.

Yem tatib ko‘ruvchilar

Yirik ishlab chiqarishlarda mahsulot sifati va mazasini ta’minlash maqsadida tatib ko‘ruvchilar uy hayvonlari uchun tayyorlanadigan oziq-ovqatlarning har bir partiyasidan namuna oladi. Ushbu kasb egalari oyiga 75 ming dollargacha maosh oladi.

Kelinning dugonasi

Agar bo‘lajak kelinning yaqin dugonalari biror bir sabab tufayli u bilan muloqot qilishni to‘xtatib qo‘ygan bo‘lsa, unda haqiqiy professional yordamga keladi. Mutaxassis to‘yga tayyorgarlik jarayonida kelinga har tomonlama yordam beradi va bayramda unga hamrohlik qiladi.

Quchoqlovchi

Mijoz qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lganda yokiuning yaqinlari boshqa shahar yoki boshqa mamlakatda bo‘lganda, «qutqaruvchi» zudlik bilan yordamga keladi. Mijozlar quchoqlovchilarga kuniga oltmish dollar ish haqi to‘lashadi.

Klakerlar

Professional maqtovchilar yangi qo‘shiqchilar tomonidan yollanadi. Zalda o‘tirgan klakerlar sun’iy ravishda zalni muvaffaqiyat muhiti bilan to‘ldirishlari kerak. Ular aktyorlar, raqqosalar va qo‘shiqchilarning chiqishlariga boradilar, u yerda qarsak chalib, ularga dalda berib, shu tarzda zaldagi tomoshabinlarni «yoqtirishadi».

Orzular sotuvchisi

Maxsus agentliklar deyarli har qanday mijozning fantaziyasini haqiqatga aylantirishi mumkin. Xizmatlar arzon emas. Biroq, har bir «xayolparast» ma’lum miqdordagi pul evaziga o‘zini suv osti kemasi kapitani his qilishi, sevimli aktyori bilan tushlik qilishi yoki tankka minishi mumkin.

Sumka yig‘ib beruvchi

Bu kasb Amerikaning Nyu-York shahrida paydo bo‘lgan. Yozgi lagerlarga boradigan bolalarining sumkalarini yig‘ish ular uchun qiyin bo‘lgan boy onalar o‘z dangasaliklari uchun 250 dollar to‘laydilar. Mutaxassislar sumkani mohirlik bilan qadoqlab beradi. Agar uzoq safar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular bolalarga yengil buterbrod ham tayyorlab sumkaga joylashtirib qo‘yishadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.