“Ma’rifat ulashib”: Taniqli adiblar Samarqandda

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida  “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimiz adabiy muhitiga hissa qo‘shib kelayotgan adiblar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adabiyotshunos Nurboy Jabborov, jurnalist, shoir, tarjimon Nabi Jaloliddin, yozuvchi va shoir Axtamquli Karimov ishtirok etdi.

Tadbirlarda ijodkorlarning hayot yo‘li, ijodi, hozirgi ta’lim tizimi va oliygohlarda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida gapirilib, talabalar bilan ochiq muloqot qilindi.

Muloqotda faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar topshirildi.