“Marixuana” sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
22 yanvar kuni Paxtachi va Narpay tumani ichki ishlar va davlat xavfsizligi xizmati xodimlari Paxtachidagi Saroy mahallasida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida xaridor sifatida jalb qilingan Paxtachi tumani IIB xodimiga 12 million so‘m evaziga Nurafshon mahallasida yashovchi 28 yoshli T.A. ikkita oq rangli sellofan paketiga solingan og‘irligi taxminan 750 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddani M-37 yo‘lining Saroy mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Olingan ma’lumotga ko‘ra, T.A. ushbu “marixuana” giyohvandlik vositasini o‘zi ekib parvarish qilganligini ma’lum qilgan.
Samarqand viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo‘limining ma’lumotnomasida olingan vositaning jami sof og‘irligi 730 gramm tashkil qilib, “marixuana” giyohvand moddasi turiga kirishligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda IIV Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.