Markaz bitiruvchilariga “Kichik serjant” unvoni berildi

Samarqanddagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kichik mutaxassislar tayyorlash markazi bitiruvchilariga sertifikat, harbiy unvon va ko‘krak nishonlari topshirildi.

- Harbiylar oilasimiz, - deydi payariqlik Zokir Qo‘shonov. - O‘zim, turmush o‘rtog‘im tuman mudofaa ishlari bo‘limida ishlaymiz, ikki farzandim ham shu kasbni tanlagan. Bugun o‘g‘lim Dostonjon ushbu markazni bitiryapti. O‘ylaymanki, u xalqimizning ishonchini oqlaydi, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladi.

Tadbirda 486 nafar bitiruvchilarning 199 nafariga ’’Kichik serjant’’ unvoni berildi.