Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi tijorat banklaridagi imtiyozli ta’lim kreditlari haqida ma’lumot berdi

Aytilishicha, mazkur ta’lim krediti mamlakatdagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim dargohlarida, kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan (o‘qishga qabul qilingan) talablarga ajratiladi.

Kredit shartlari:
Foizi – 14% (Markaziy bank asosiy stavkasida);
Miqdori – oliy ta’lim muassasasida shartnoma asosidagi yillik kontrakt miqdorida;
Muddati – talaba o‘qishini tugatgandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil muddatga.

Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
Oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.

Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi. Mazkur ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.

Agar Markaziy bank asosiy stavkasi pasaysa, imtiyozli ta’lim krediti foiz stavkasi ham pasaytiriladi, agar asosiy stavka oshirilsa, kredit stavkasi ko‘tarilmaydi.
Samarqand viloyatida quyidagi tijorat banklaridan ta’lim kreditlarini olish mumkin: "Ipoteka-bank", "Asaka bank", "Mikrokreditbank" va "Xalq banki".