Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
- 24.07.2019 11:45
- 156
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlat rahbarlari davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladilar.
Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Teglar:
Shavkat Mirziyoyev