Markaziy Osiyo jamoalari qit’a chempionati yo‘llanmasi uchun bellashmoqda

Samarqand shahridagi yengil atletika va o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi saralash bahslariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi bosh kotibi Ravshan G‘aniyev ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari joriy yilning sentyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib bormoqda.

Bahslar 30 iyunga qadar davom etadi.