Marmartoshdan yasalgan yuz parda

Marmarning shaffof, yengil, nafas oladigan ipakka aylanishi hunarmandchilikva haykaltaroshlik san’atining yuksak cho‘qqisidir. Italiyalik haykaltarosh Rafael Monti (1818-1881) ana shunday noyob san’at asarlarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan ustalardan biriedi.

Tosh – jonsiz materiyadir. Ammo Monti bu unday emasligini ibotlab berib, misli ko‘rilmagan durdona asarlarni yaratdi.Ulardan biri - muqaddas olov, hayot markazi, davlat, shahar va oilani qo‘riqlovchi farishta,Rim ma’budasi –Vesta. Qadimda Rimda har qanday olovda Vesta ruhining zarrasi borligiga ishonishgan.

Qattiq marmartoshdan qanday qilib yengil, shaffof pardani yaratish mumkin? Bunga sabotli, chinakam ilohiy in’om egalarigina qodir.Mohirhaykaltarosh yuz va tananing barcha xususiyatlarini saqlab qolgan holda, yengil mato, havodor nozik burishiq va burmalarni toshda namoyon qilishga muvaffaq bo‘ldi. Inson qo‘llari bunga qodir ekanligiga ishonish qiyin. Zimdan boqsangiz, parda ostidan jimgina xo‘rsinish ovozi eshitilib, go‘yo Vestaning kipriklari qimirlayotganga o‘xshaydi.

Hilpirab turgan yumshoq burishiqlar haykaltarosh tomonidan shu qadar noziklik bilan o‘yilganki, ular quyosh nurlari ostida jonlanib, yorug‘lik beradi. Yovvoyi gullargajilo berilmagan gulchambarta’sirnikeskin kuchaytiradi. Old qismdagi deyarli nuqsonsiz, hayratni oshiradigan darajadagi tozamarmar uning olijanobligi va go‘zalligini ochib beradi.

Yengil shabada nafasida harakatlana oladigan yupqa parda effektini yaratish yoki haykaltaroshlikda tanaga parda o‘rnatish texnikasi qadimgi Yunoniston davridan beri ma’lum bo‘lsa-da, tarixda faqat bir nechta rassom bu san’atda mukammallikka erisha olgan. Monti ulardan biri edi.

Iste’dodli usta asarlarida ikkita qarama-qarshilik - yumshoq shaffof shoyi va qattiq,nur o‘tkazmaydigan tosh uyg‘unlashib birlashgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.