Masjidlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi kutilyapti
- 10.08.2020 14:31
- 140
- O‘zbekiston
Diniy soha vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida masjidlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.
Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A.Axmedov masjidlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va hozirgi holati masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Jumladan, u masjidlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin talablari yumshatilgan taqdirda, har bir hududning epidemiologik holatini intobatga olib, sanitariya talablariga to‘liq amal qilgan holda masjidlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga bosqichma-bosqich ruxsat berish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.
O‘z navbatida, Qo‘mita raisi hozirgi paytda respublikadagi masjidlarning mavjud holati to‘liq o‘rganib chiqilganini ham ma’lum qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 25 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!