Mast holda qo‘shni oilaning tinchini buzgan kattaqo‘rg‘onlik fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Bugun, 17 aprel kuni soat 09:10 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, Yangiqo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi fuqaro B.I. karantin qoidalarini buzib, niqobsiz, spirtli ichimlik iste’mol qilgan, mast holda qo‘shnisi Z.M.ning uyiga borib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, oilasining osoyishtaligini buzganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan fuqaro B.I.ga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirib sudga yuborilgan.

Kattaqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining 2020 yil 17 apreldagi qaroriga ko‘ra, huquqbuzar B.I.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga asosan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va sud zalidan qamoqqa olindi.

Sanjar SOLIYeV,

Kattaqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudi raisi.