MDH davlatlari xavfsizlik kuchlari 2020 yil boshidan buyon terrorchilarning 22 ta xalqaro guruhlarini yo‘q qildi
2020 yilda MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) davlatlarining hamkorlikdagi xavfsizlik kuchlari, odam yollab xorijdagi jangarilar safiga qo‘shish bilan shug‘ullangan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 22 ta guruhini yo‘q qildi. Bu haqda 18 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.
“2020 yilda hamkorlikdagi sa’y-harakatlar sababli xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 22 ta guruhi zararsizlantirildi. Ularning a’zolari Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari fuqarolarini xorijiy jangarilar o‘quv lagerlariga yo‘llash va o‘tkazish bilan shug‘ullangan”, dedi Patrushev MDH davlatlarining Xavfsizlik kengashlari kotiblari o‘rtasida o‘tkazilgan majlis ochilishida.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan olingan ma’lumotlar yordamida MDH davlatlari 2020 yilda 40 dan ortiq terrorchi va ularning sheriklarini hibsga olishga muvaffaq bo‘lgan.