MDH o‘yinlari: Samarqandlik sportchilar 2 ta oltin, 6 ta bronza medal qo‘lga kiritdi

4 avgustdan boshlab Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 9 davlatdan uch mingdan ortiq sportchi 16 ta olimpiya, 5 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha bellashmoqda.

Musobaqada 313 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Ular orasida viloyatimizdan 41 nafar sportchi 15 ta sport turidan ishtirok etmoqda.

Shu kunga qadar o‘tkazilgan bahslarda viloyat sportchilari 2 ta oltin, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, og‘ir atletika bo‘yicha 55 kilogramm vazn toifasida kechgan bahsda Og‘abek Nafasov dast ko‘tarishda 110 va siltab ko‘tarishda 130 kilogramm og‘irlikdagi toshni ko‘tarib, dastlabki oltin medalga ega chiqdi. Dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 73 kilogramm vazn toifasida Azamat Ablaqulov oltin, 90 kilogramm vaznda Elnur Xolmo‘minov, 60 kilogramm vaznda Alijon Aliyev, 81 kilogramm vaznda Abror Nurmanov hamda yunon-rum kurashi bo‘yicha 130 kilogramm vazn toifasida Temurbek Nasimov bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa 14 avgustga qadar davom etadi.