"Medtexnikum" bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi
- 09.08.2023 10:19
- 1098
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda korrupsiya bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Tadbir chog‘ida Samarqand shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlovchi, 1976 yilda tug‘ilgan O.O‘ ikki nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan 1100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
pora
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa