Mehr-muruvvat ko‘rsatildi
Bu yerda o‘rnatilgan ulkan archa atrofiga kecha tuman va shaharlardan kelgan bolajonlar taklif etildi.
Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari farzandlari, odam savdosidan jabr ko‘rgan, diniy ekstremizm oqimiga tushib qolgan, hozirda jazo muddatini o‘tayotgan insonlarning bolalari uchun "Yangi yil archasi" bayram tomoshalari uyushtirildi.
Viloyat voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir avvalida shahar va tumanlardan taklif etilgan 343 nafar bolajonlarga homiylar tomonidan kiyim-kechak va bayram sovg‘alari topshirildi.
– Bugun ertalab tuman hokimligi vakillari Samarqand shahriga bayram tadbiriga olib kelishdi, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 82-maktab o‘quvchisi Ozoda Qarshiboyeva. – Kelishimiz bilan bizni homiylar bozorga olib borib, yangi kiyim-kechak olib berishdi. Bayram sovg‘alari oldik. Katta archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi dasturlarni miriqib tomosha qildik. Bu yilgi bayram esda qolarli bo‘ldi.
Tadbirda viloyat hokimi T.Jo‘rayev ishtirok etdi.