Mehr nuri yog‘ar doim ko‘zingizdan, ustozlar!
- 28.09.2018 09:16
- 3644
- Mutolaa
Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim so‘zingizdan, ustozlar.
Qalbingizning yo‘q g‘ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olsin haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog‘ining bog‘bonisiz, charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o‘g‘lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o‘qir o‘zingizdan, ustozlar.
Po‘lat MO‘MIN,
O‘zbekiston xalq shoiri.
So'nggi yangiliklar
Birgina issiqxona bilan kambag‘al boy bo‘ladimi?
- 57 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi